Foydalanuvchilar va investorlar uchun ilovamizning afzalliklari
Oson ro'yxatdan o'tish va oson tizimga kirish
Mobil ilovamizda o’z profilingizni yaratish uchun telefon raqamingiz kiriting va havfsiz parol yarating. Telefon raqamingiz va yartagan parolingiz yordamida profilingizga kiring.
To’lovlarni Uzcard, Khumo, Visa va Mastercard-lar orqali amalga oshirishingiz mumkin
Bizning ilovamizda Uzcard, Khumo, Visa va MasterCard kartalari yordamida balansingizni to'ldirishingiz mumkin. Visa va MasterCard kartalaringiz xorijiy yoki mahalliy bo'lsa ham, siz kartalaringizni qo'shishingiz va balansingizni ilovamizda to'ldirishingiz mumkin. Shunday ekan, keyingi safar siz to'lov kartalarini qayta qo'shishingiz shart emas
Spectra Energy ilovasida ko'proq imkoniyatlar
Qulaylik uchun tungi rejim
Ilova o'zbek va rus tillarida mavjud
Oddiy va chiroyli interfeys
Sizga qulay zaryad stansiyasini tezroq topish uchun uni sevimlilarga qushing
Zaryadlash jarayoningizni o’z qulingizga oling
Siz zaryadlash jarayonini Spectre Energy mobil ilovasida o’zigizga to’g’irlashingiz mumkin. Siz kilovatt yoki to'lamoqchi bo'lgan pul miqdorini yoki avtomobilingiz batareyasi zaryadining foizi orqali jarayonni to’g’irlash imkoniyatiga ega bo’lasiz .
Operatorlar bilan muloqot qilish uchun oddiy chat va har xil keshbek va kuponlar faqat siz uchun
Bizning ilovamizda muammoingizni muhokama qilish yoki operatorlarga savol berish uchun jonli chatga osongina kirishingiz mumkin.
Agar balansingizni 500.000 so'mdan ko’p summaga to'ldirsangiz, sizga 5% lik keshbek qaytarib beramiz. Shuningdek, biz sizga har xil summadagi kuponlarni bepul sovg'a sifatida taqdim etamiz, shunda siz ulardan mashinangizni zaryad qilish uchun foydalanishingiz mumkin.
Investor mobil ilovamizning afzalliglari
Tayyor Spectre Energy zaryadlash stansiyasi biznesini sotib olishga qiziqasizmi
Biznesingiz savdosini oshirish uchun dasturga foydalanuvchini tez-tez mobil ilovaga kirishga va shunga mos ravishda ko'proq sotib olishga undaydigan funktsiyalar qo'shilgan. Bunga, masalan, mijozlarga aktsiyalar va yangiliklar haqida ma'lumot beradigan bildirishnomni misol qilsak bo’ladi, va bu kuchli marketing vositalaridan biriga kiradi
Sizning brendingiz mijozning telefonida, mobil ilovani o'rnating
Sizning brendingiz mijozning telefonida, mobil ilovani o'rnating
Biznesning to'liq shaffofligi.
Sizning mobil ilovangizda elektromobil zaryadlash tarmog’lari biznesingiz haqida barcha ma'lumotlar mavjud. Shu tarzda siz o'z biznesingizni dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn boshqarishingiz mumkin. Spectra Energy yordamida passiv daromad olish har qachongidan ham osonlashdi.
Investorlar uchun zarur bo'lgan eng yaxshi imkoniyatlar
Asosiy sahifadagi barcha muhim ma'lumotlar
Bosh sahifangizda siz joriy sotuvlar, umumiy sotuvlar, biznesingizning shu oydagi daromadini osongina kuzatishingiz va hatto biznesingizning taxminiy o’zini o’zi qoplash muddatini ko'rishingiz mumkin.
Bundan tashqari, siz o'zingizning biznesingizning haftalik, oylik yoki hatto yillik xarajatlarini aniq raqamlarda kuzatishingiz mumkin.
Barcha stantsiyalaringizni bir joyda boshqaring
Siz barcha stantsiyalaringizni bir joyda ko'rishingiz mumkin. Sizda mavjud bo'lgan har bir stantsiya haqidagi barcha ma'lumotlarga ega bo'lasiz, masalan, stantsiya narxi, sig'imi, yaqin atrofidagi joylar, sharhlar va boshqalar.
Bundan tashqari, agar siz boshqa stantsiyani o'rnatishga qaror qilsangiz, yangi stantsiyangizning ish holatini qurilish jarayonidami yoki start-berishga tayyorgarlik jarayonidami hammasini ko’zatib borish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Demak, hammasi sizning qo'lingizda.
Savdo-bu biznesdagi asosiy omil
Real vaqtda sotuvlaringizni batafsil kuzatib boring. Bugun sizning stantsiyangiz necha soat ishladi, bugun qanday daromad keltirdi va qaysi stantsiyalaringiz ko'proq foyda keltiradi.
Ushbu savdolar tarixiga siz istagan vaqtda osongina kirish mumkin, shunda siz o'zingizning biznesingiz monitoringini o'tkazishingiz mumkin.
Ma'lumotlar asosida qaror qabul qilish uchun statistika muhim ahamiyatga ega
Spectra Energy biznesdagi shaffoflikni yaxshi ko'radi. Sizdan yashiradigan hech narsamiz yo'q. Investor mobil ilovamizda siz o'zingizning biznesingizning barcha statistikasini olishingiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu statistikani siz biznesingizga ko’p foyda olib kelayotgan va kam foyda olib kelayotgan zaryad stansiyani aniqlashda ishlatsangiz bo’ladi. Ushbu statistika sizga bu biznesga sarmoya kiritishni davom ettirmoqchimisiz yoki yo’q, aniqlashga yordam beradi.